Qaytarib berish va almashtirish
Chiptalarni qaytarish qoidalari
1. Bekor qilingan tadbirlar uchun pulni qaytarish
Tadbir tashkilotchi tomonidan bekor qilingan taqdirda, chiptalar uchun to‘langan mablag‘ xaridorning tegishli arizasi asosida qaytariladi.
Pul mablag‘larini qaytarish chiptani qaytarish to‘g‘risidagi ariza imzolangan kundan boshlab 14 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
2. Boshqa sanaga ko‘chirilgan tadbirlar uchun pulni qaytarish
Tadbirning sanasi yoki vaqti o‘zgartirilgan taqdirda, xaridor chiptani qaytarish va to‘langan mablag‘ni olish uchun tadbir boshlanishidan kamida 72 soat oldin tegishli ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Pul mablag‘larini qaytarish imzolangan ariza qabul qilingan kundan boshlab 14 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
3. O‘z vaqtida o‘tkaziladigan tadbirlar uchun chiptalarni qaytarish
Tadbir e’lon qilingan sana, vaqt va joyda o‘tkazilgan taqdirda, xarid qilingan chiptalarni qaytarish yoki boshqa chiptalarga almashtirish imkoniyati mavjud emas.
4. Korporativ chiptalar
Korporativ buyurtmalar asosida xarid qilingan chiptalar qaytarilmaydi va boshqa chiptalarga almashtirilmaydi.
5. Yo‘qolgan chiptalar
Yo‘qolgan, o‘g‘irlangan yoki xaridor tomonidan yo‘q qilingan chiptalar uchun pul mablag‘lari qaytarilmaydi.